Bepul bolalar imkoniyatlarini
Qaysi biri yaxshiroq – bitta yoki ikkita eshitish apparatimi?
Atrofimizdagi dunyo tovushlarga to’la. Quloqlarimiz lokatorlar kabi, tovush tebranishlarini to’playdi va ularni qayta ishlash uchun miyaga uzatadi. Ammo Yaratuvchi bekorga bizga ikkita quloq bergan emas. Quloqdan kirgan ma’lumotlarni miya sifatli tahlil qilishi uchun ikkala quloq teng eshitishi kerak bo’ladi. Ko’p sonli tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, ikkita eshitish vositasidan foydalanish atrof-muhit tovushlarini va eng muhimi, inson nutqini yaxshiroq farqlash imkonini beradi.
Binaural protez deb nomlanadigan ikkita eshitish apparati yordamida miya tovush yo’nalishini aniqroq belgilaydi va bu eshitishi zaif bo’lgan bemor uchun juda muhimdir. Eshitishi zaif bo’lgan bolaga transport qaerdan kelayotganini, chaqirayotgan odam qaerda ekanligini, atrofda nimalar bo’layotganini eshitish muhimdir, buni faqat binaural protezlash yo’li bilan amalga oshirish mumkin. Eshitish apparatiga muhtoj bo’lgan deyarli barcha bolalarda ikki tomonda ham eshitish past bo’ladi.
Eshitishni to’liq tiklashga faqat ikkita eshitish apparati bilan erishish mumkin. Siz optikaga kirganingizda hech qachon monokl (bir ko’zga taqiladigan oyna) so’ramaysiz, balki ko’zoynak so’raysiz. Shu sababli, agar shifokor bolaga binaural protezlashni tavsiya qilsa, shuni amalga oshirishga harakat qiling.
Agar bola gaplashishdagi past tonlarni kamida 5-6 metr, baland tonlarni taxminan 20 metr masofada eshitsa, bu normal hisoblanadi. Yaqin vaqtgacha, agar o’quvchi bola gaplashishdagi ovozlarni 2 metr masofadan eshitsa, u oddiy maktabda o’qishi mumkin deb hisoblanardi. Agar bola gaplashishdagi ovozlarni 1 metrdan kam masofada eshitsa, u holda eshitish qobiliyati past bo’lganlar uchun maxsus maktabda o’qishi kerak edi. Va bunday bolalar uchun eshitish apparatlari tavsiya qilinar edi. Bugungi kunda vaziyat tubdan o’zgardi. Eshitish apparatlari eshitish qobiliyati eng kam bo’lgan holatlarda ham tavsiya etilmoqda. O’z vaqtida va sifatli eshitish apparatini olgan eshitish qobiliyati zaif bolalarning aksariyati oddiy maktablarda muvaffaqiyatli o’qishmoqda.
+998 99 420 41 14
info[@]acoustic.uz
Alisher Navoiy shoh ko’chasi 86/88, Andijon, Uzbekistan